Poco M7 Plus 13-avgust kuni taqdim etiladi

6-avgust 2025 15:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi
Poco M7 Plus 13-avgust kuni taqdim etiladi / Foto: Redmi

Xiaomi Poco brendi ostida yangi smartfon – Poco M7 Plus modelini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Yangi qurilma 13-avgust kuni rasman namoyish etiladi.

Smartfonning eng asosiy jihati – 7000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 33 Vt tezkor va 18 Vt teskari quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Poco M7 Plus aslida yaqinda Yevropada tanishtirilgan Redmi 15 5G modelining boshqa nomdagi nusxasi bo‘lishi mumkin. U 6,9 dyuymli Full HD+ IPS ekranga ega bo‘ladi, yangilanish chastotasi esa 144 Hz.

Smartfon Snapdragon 6s Gen 3 chipida ishlaydi. Xotirasi – 4 GB operativ va 128 GB ichki, microSD kartalarini qo‘llaydi. Asosiy kamera 50 MP, unga 8 MP ultra keng burchakli kamera va 8 MP old kamera qo‘shilgan.

Qurilma Android 15 tizimi bilan Xiaomi’ning HyperOS qobig‘ida ishlaydi va 3 yilgacha yangilanish oladi.

Boshqa xususiyatlari orasida IP64 sertifikati (chang va suv tomchilariga chidamli), yon tomondagi barmoq izi skaneri va ikki dinamik mavjud.

Avvalroq iyul oyining eng sevimli smartfonlari haqida yozgan edik.

Shuningdek