Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi — video

eʼlon qilindi
Yong‘in oqibatida bir kishi yengil kuyish tan jarohati olgan
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: Videodan olindi

5-avgust kuni soat 22:20 da Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi «Oltindala» MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Video: Ijtimoiy tarmoq
Video: Ijtimoiy tarmoq

Propan gazini auto-tsisternadan saqlash rezervuariga quyish jarayonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq
Video: Ijtimoiy tarmoq

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in soat 22:30 da qurshab olinib, 22:50 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa natijasida 1 ta auto-tsisterna va 10 kubli propan gaz rezervuari yongan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Yong‘in oqibatida auto-tsisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chorvoq yaqinida yana yong‘in yuzaga kelgan edi.

Shuningdek