Quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 63 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi

eʼlon qilindi
28,5 ming nafar o‘zbekistonlik subsidiya oldi
Quyosh panellari uchun 63 milliard so‘mdan ortiq subsidiya berildi / Foto: Michael Pointer / Unsplash

2025-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 28,5 mingdan ortiq fuqaro ishlab chiqargan quyosh energiyasi uchun subsidiya oldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, davlat budjetidan umumiy 63,5 mlrd so‘m to‘lab berildi. Eng ko‘p to‘lovlar Xorazm viloyati (19,1 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston (9,7 mlrd so‘m) va Toshkent shahri (4,9 mlrd so‘m) aholisiga to‘g‘ri keldi.

Quyosh panellari o‘rnatib, ortiqcha energiyani umumiy tarmoqqa uzatgan fuqarolarga har 1 kVt/soat uchun 1 000 so‘m subsidiya to‘lanadi.

To‘lovni olish uchun Soliq ilovasining «Keshbek va imtiyozlar» bo‘limidagi «Quyoshli uy» orqali karta hisobiga o‘tkazish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, may oyida qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilgan edi.

Shuningdek