Samsung Galaxy S25 seriyasi Janubiy Koreyada 3 million dona sotildi

6-avgust 2025 09:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25
Samsung Galaxy S25 seriyasi yarim yilda 3 million dona sotildi / Foto: CNET

Samsung‘ning yangi flagman smartfonlari Samsung Galaxy S25 seriyasi Janubiy Koreyada olti oy ichida 3 mln dona sotildi. Bu natijaga Galaxy S24’ga qaraganda ikki oy oldin erishildi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu muvaffaqiyatga foydalanuvchilarga smartfonni bir yil ichida asl narxining 50 foizigacha qaytarib sotish imkonini beruvchi obuna dasturi ham sezilarli hissa qo‘shgan.

Shuningdek, Galaxy Z Fold7 va Galaxy Z Flip7 modellari ham avvalgi versiyalariga qaraganda ko‘proq sotilgani qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Galaxy S25 seriyasi global savdoga 2025-yil fevral oyida chiqdi. Hozirda to‘rt model mavjud: Galaxy S25, S25 Plus, S25 Ultra va S25 Edge. Tez orada S25 FE modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung yangi One UI 8 grafik interfeysini kengaytirilgan qurilmalar ro‘yxatida sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek