Samsung’dan $10,6 millionlik smartfonlar o‘g‘irlandi

eʼlon qilindi
Umumiy hisobda 12 ming dona qurilma
Samsung’dan $10,6 millionlik smartfonlar o‘g‘irlandi / Foto: Bloomberg

London yaqinida joylashgan Xitrou aeroporti atrofida Samsung’ga tegishli yuk mashinasi o‘g‘irlandi. Bu haqda Yonhap News ma’lum qildi.

Unda jami 12 ming dona qurilma, jumladan Galaxy Z Fold7, Z Flip7, Galaxy S25, A16 va 5 ming dona Galaxy Watch 8 soatlari bo‘lgan.

O‘g‘irlangan mahsulotlarning umumiy qiymati $10,6 mln deb baholanmoqda. Boshqa tomondan, qurilmalar sug‘urtalangan bo‘lgani bois Samsung moliyaviy zarar ko‘rmadi.

Foto: Bloomberg

Politsiya konteynerni topgan, biroq ichidagi mahsulotlar qolgan-qolmagani noma’lum. Mutaxassislar bu jinoyat oldindan rejalashtirilgan va qimmat bukiluvchi telefonlarga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung flagmanlari 2028-yildan boshlab Wi-Fi 8 texnologiyasi bilan taqdim etilgan edi.

Shuningdek