Telegram ilk marta shaxsiy akkauntga «galochka» berdi

eʼlon qilindi
Pavel Durovga
Foto: Kod Durova

Telegram messenjeri ilk bor shaxsiy foydalanuvchi akkauntini rasmiy tasdiqlovdan o‘tkazdi. Bu profil messenjer asoschisi Pavel Durovga tegishli bo‘ldi.

Foto: Kod Durova

Oldin faqat messenjerdagi kanallari va botlarigina rasmiy belgiga ega bo‘lishi mumkin edi. 2025-yil boshida «Verifikatsiya 2.0» deb nomlangan yangi tizim joriy etilgach, tasdiqlangan tashkilotlar o‘z nomidan ayrim akkauntlarga belgi bera boshladi. Shu yo‘l bilan mart oyida Durov «@major» loyihasi orqali maxsus belgiga ega bo‘lgan.

Ammo endi Durov profilida bevosita Telegram tomonidan berilgan tasdiq belgisi paydo bo‘ldi. Unda «ushbu akkaunt Telegram vakillari tomonidan tasdiqlangan» degan yozuv aks etgan.

Foto: Kod Durova

Hozircha odatiy foydalanuvchilarga shaxsiy akkauntni rasmiy tasdiqlash imkoniyati berilmagan. Yangi belgining paydo bo‘lishi esa ushbu tizim kelgusida kengaytirilishi mumkinligini anglatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Durovga berilgan belgi orqali Telegram logotipi ko‘rinishidagi alohida belgi ham berilgan. Bu esa uni boshqa akkauntlardan ajratib turadi.

Avvalroq Kusriv Uzbekistan Telegram messenjerida bir qator funksiyalar ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek