Avto

Xpeng P7 yangi avlod elektromobili 87 dyuymli displey bilan namoyish etildi

Mashina hafta oxirida rasman namoyish etiladi
Xpeng P7
Xpeng P7 87 dyuymli AR-displey bilan ichki ko‘rinish taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Xitoyning Xpeng kompaniyasi yangi avlod P7 elektromobilining interyerini rasman namoyish etdi. Premium toifadagi model hafta oxirida to‘liq taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Asosiy yangilik mashinada 87 dyuymli kengaytirilgan displeyi (AR-HUD) o‘rnatilgan. Xpeng bu ekranni o‘z sinfida eng kattasi deya ta’riflamoqda. U navigatsiya, haydovchi yordam tizimlari va interaktiv AR o‘yinlarni ko‘rsatadi.

Ichki dizayn «texnologiya oroli» konsepsiyasi asosida yaratilgan. Unga sport uslubidagi rul, raqamli panel, ovoz va harakat orqali boshqariluvchi uch o‘qli media ekran kiradi.

Old o‘rindiqlar sportcha tuzilgan va 10 millisoniyada javob beruvchi yon tayanchlarga ega. Shuningdek, isitish, ventilyatsiya, massaj va sensor orqali bagajni ochish funksiyalari mavjud.

Tashqi ko‘rinish fransiyalik dizayner Rafik Ferrag tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: CarNewsChina

Model orqa g‘ildirakdan harakatlanuvchi (270 kVt) va to‘liq yuruvchan (437 kVt) versiyalarda taqdim etiladi. Akkumulyatorlar 74,9 va 92,2 kVt/soat sig‘imda, zaxira masofasi esa 820 km gacha.

Mashina 800V SiC arxitekturasi va 5C tez quvvat olish tizimiga ega. Bu texnologiya 10 daqiqada yuzlab kilometr masofani zaxiraga qo‘shishga imkon beradi. Xpeng P7 Tesla Model 3 va Xiaomi SU7’ga raqib sifatida bozorga chiqmoqda.

Avvalroq Hyundai kompaniyasi o‘zining birinchi elektromobili — Hyundai EO elektromobilini Xitoy bozorida 2025-yil sentabr oyida sotuvga chiqarishi haqida yozgan edi.