2025-yilning eng yaxshi tugmali telefonlari aniqlandi

7-avgust 2025 12:38 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
2025-yilning eng yaxshi tugmali telefonlari / Foto: HMD

2025-yilda tugmali telefonlar yana ommalashmoqda. Xo‘sh, 2025-yilning eng yaxshi tugmali telefonlari qaysilar? Kursiv Uzbekistan Gizmochina nashriga tayanib, ma’lumotlarni to‘pladi.

TCL Flip 4 5G

Zamonaviy texnologiyaga ega oddiy bukiluvchi telefon.

  • Displey: 1.77 dyuym tashqi, 3.2 dyuym ichki
  • OS: KaiOS 4.0 (WhatsApp, YouTube, Google Maps ishlaydi)
  • Chipset: Snapdragon 4s Gen 2, 2 GB RAM, 32 GB xotira
  • Batareya: 3000 mAh – 40 soatgacha suhbat
  • 5G, Wi-Fi, Bluetooth 5.0, USB-C, 3.5mm audio port
  • Kamera: 5 MP orqa kamera

HMD 2660 Flip

Keksalar va soddalikni qadrlovchilar uchun qulay variant

  • Displey: 2.8 dyuym QVGA
  • Kamera: 0.3 MP + chaqmoq
  • 4G VoLTE, Bluetooth 4.2, microSD qo‘llab-quvvatlash
  • Batareya: 1450 mAh – almashtiriladigan
  • IP54 himoya, «Flip bilan javob berish» funksiyasi
  • Favqulodda holat tugmasi (ICE)

Nokia 3210 (2024 versiyasi)

Afsonaviy modelga zamonaviy ruh

  • Displey: 2.4 dyuym QVGA
  • Kamera: 2 MP + LED chaqmoq
  • Batareya: 1450 mAh – 9.8 soat suhbat
  • S30+ tizimi, Cloud Apps (ob-havo, YouTube Shorts)
  • Bluetooth 5.0, FM radio, MP3, USB-C

HMD 130 Music va HMD 150 Music

Musiqani qadrlaydiganlar uchun soddalik va quvvat

  • Displey: 2.4 dyuym QVGA
  • Karnay: 2 Vt ovoz, musiqa tugmalari bilan
  • Bluetooth 5.0, FM radio (quloqchinlarsiz ishlaydi)
  • HMD 130: Ikkita fonar, funksionallikka urg‘u
  • HMD 150: Kamera + chaqmoq, bardoshli korpus
  • Batareya: 2500 mAh – 34 kungacha kutish rejimi

HMD 102 4G

Mini formatda asosiy aloqa vositasi

  • Displey: 2 dyuym QQVGA
  • Kamera: Orqa QVGA + chaqmoq
  • Bluetooth 5.0, USB-C, MP3, FM radio, Snake o‘yini
  • S30+ tizimi, 24 MB RAM, 16 MB xotira + microSD (32GB gacha)
  • Batareya: 1000 mAh – almashtiriladigan

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dunyoning eng kuchli smartfonlari reytingi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek