Allplay raqamli platformalar bozorida ustun mavqega ega operator bo‘ldi

eʼlon qilindi
Video va audio kontentni onlayn uzatish yoki almashish bozorida
Foto: RasulovS / depositphotos

O‘zbekistonda video va audio kontentni onlayn uzatish yoki almashish bozorida faoliyat yuritayotgan «Allmedia Safe Service» MChJ (Allplay) ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Mazkur qaror asosida kompaniya raqamli kontent, jumladan, televizion, kino va boshqa ko‘ngilochar platformalar orqali xizmat ko‘rsatish borasida bozorda yetakchi o‘rin egallagani rasman tasdiqlandi.

Raqobat qo‘mitasi mazkur qarori bilan kompaniyada majburiy tarzda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, qo‘mita Allmedia Safe Service faoliyati doimiy monitoring asosida kuzatib borilishi, zarur hollarda chora-tadbirlar ko‘rilishini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Click ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek