Apple iPhone oynasi va Face ID modullarini AQShda ishlab chiqarmoqchi

eʼlon qilindi
Corning va Coherent kabi mahalliy hamkorlar bilan
Apple iPhone oynasi va Face ID modullarini AQShda ishlab chiqarmoqchi / Foto: Gstore

Apple kompaniyasi AQShdagi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yana $100 mlrd sarmoya kiritishini e’lon qildi. Bu qaror Donald Tramp chip importiga 100 foizlik boj joriy etilishini aytgach bildirildi, deya xabar bermoqda CNN.

Apple sarmoya evaziga AQShda 24 ta zavodda 19 mlrd chip ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya shuningdek, Corning va Coherent kabi mahalliy hamkorlar bilan iPhone’ning oynasi va Face ID modullarini AQShda ishlab chiqarmoqchi.

Foto: MakeUseOf

Tim Kukning aytishicha, iPhone’lar hali to‘liq AQShda yig‘ilmasa-da, asosiy qismlari aynan shu yerda ishlab chiqariladi. Tramp esa bu kabi sarmoyalarni AQShga texnologik sanoatni qaytarish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple va Google O‘zbekistonda yarim yil ichida qancha soliq to‘lagani haqida yozgan edik.

Shuningdek