Apple Tramp tahdidi ortidan AQShga $100 mlrd sarmoya kiritadi

Apple AQSh iqtisodiyotiga qo‘shimcha $100 mlrd sarmoya yo‘naltiradi. Bu qaror prezident Donald Trampning kompaniyaga bosimi ortidan qabul qilingani aytilmoqda.
Tramp avvalroq Apple’ni AQShda ishlab chiqarishga o‘tmasa, 100 foizlik boj joriy qilish bilan ogohlantirgan edi. Endi esa Apple yangi ma’lumot markazlari va zavodlar qurishni rejalashtirmoqda.
Oq uy vakiliga ko‘ra, sarmoya AQSh iqtisodiyoti va milliy xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
«Bugungi e’lon — ishlab chiqarish sanoatimizdagi navbatdagi g‘alaba», — dedi u.
Apple Kentukki shtatida aqlli oynalar ishlab chiqarish liniyasini quradi. Bu oyna iPhone va Apple Watch’da qo‘llaniladi. Kompaniya yangi data-markazlar ham barpo etishini aytdi.
Apple rahbari Tim Kuk Tramp bilan birgalikda chiqish qilib, bu sarmoya AQShda ishlab chiqarishni kuchaytirishini ta’kidladi. U Oq uydagi uchrashuvda Trampga shisha haykal sovg‘a qildi.
Tramp Apple’ni qarori uchun maqtadi. U, shuningdek, chip va yarimo‘tkazgichlarga 100 foizlik boj kiritilishini aytib, ammo tafsilot bermadi.
Agar boshqa kompaniyalar ham AQShda ishlab chiqarishni boshlasa, bojdan qutulishi mumkinligini qo‘shimcha qildi Tramp.
Tahlilchilar fikricha, ishlab chiqarishni AQShga qaytarish vaqt oladi, biroq Apple’ning bu qadami Oq uy bilan ijobiy aloqalarni saqlab qolishga xizmat qilishi mumkin.
Avvalroq Tramp AQShga import qilinadigan chiplarga 100% boj solmoqchi ekanligi haqida yozgan edi.