Chery Fulwin X3 va X3L avtomobillari taqdim etiladi

7-avgust 2025 13:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Fulwin X3
Chery Fulwin X3 va X3L avtomobillari taqdim etiladi / Foto: CarNewsChina

Yangi Chery Fulwin X3 va X3L avtomobillari 16-avgust kuni Xitoy bozori uchun taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

X3 to‘liq elektr (BEV), X3L esa kengaytirilgan gibrid (EREV) bo‘lib, X3L modeli kattaroq o‘lchamga ega. Har ikkala model ham off-road uslubidagi zamonaviy kvadrat dizaynda ishlab chiqilgan. Old va orqa chiroqlari vertikal joylashgan, eshik tutqichlari yashiringan va orqa tomonda qo‘shimcha yuk joyi mavjud.

Foto: CarNewsChina

Chery Fulwin X3 ning uzunligi 4327 mm, balandligi 1715 mm, g‘ildirak bazasi esa 2715 mm ni tashkil qiladi. U orqa g‘ildirakli (RWD) va to‘liq g‘ildirakli (AWD) variantlarda taqdim etiladi. RWD modeli 185 kVt (248 ot kuchi) quvvatga ega motor bilan jihozlangan va 68,4 kVt/soatli batareyasi bilan 520 km masofani bosib o‘tadi. AWD versiyasi esa umumiy 255 kVt (342 ot kuchi) quvvatga ega.

X3L modelining uzunligi 4545 mm, balandligi 1815 mm, g‘ildirak bazasi esa 2783 mm. Bu modelda benzinli 1.5T dvigatel va ikki elektromotordan iborat gibrid tizim mavjud. Umumiy quvvati 315 kVt (422 ot kuchi), aylanish momenti esa 505 Nm. 0 dan 100 km/soatgacha tezlashuvi 4,7 soniya. Maksimal yuk tortish quvvati 1600 kg.

Foto: CarNewsChina

X3L uchun batareyaning ikki xil hajmi mavjud: 20,6 va 33,7 kVt/soat. Elektrda yurish masofasi WLTC bo‘yicha 90, 145 va 150 km. To‘rt xil og‘irlik varianti e’lon qilingan: 1842 kg, 1905 kg, 1933 kg va 2000 kg.

Ikkala avtomobilning salonida katta suzuvchi ekran, raqamli asboblar paneli, uch tutqichli rul va ikkita simsiz zaryadlash qurilmasi mavjud. Bu model iCar 03 seriyasi asosida ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery kompaniyasiga qarashli Exeed brendi yangi Exeed Exlantix E05 modelining rasmiy suratlarini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek