Chilonzordagi ayrim ko‘chalar Jennifer Lopez konserti uchun yopiladi
eʼlon qilindi
12:00 dan 23:00 gacha

Bugun, 7-avgust kuni Toshkentda Jennifer Lopezning konserti o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi «Bunyodkor» stadionining yaqinidagi bir nechta ko‘chalarda harakat cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Konsert soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Tadbir oldidan soat 12:00 dan 23:00 gacha quyidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi:
- Cho‘ponota – Qatortol ko‘chalari chorrahasidan boshlab, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qism;
- Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor – KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qism;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi — KXAYdan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq.
Toshkent shahri IIBB haydovchilarga aylanma yo‘llar va yondosh ko‘chalardan foydalanishni tavsiya qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jennifer Lopez konserti uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.