Chorvoq suv omboriga tomorqa va yomg‘ir suvlari oqizilgan — Ekologiya vazirligi

eʼlon qilindi
Suv omboriga mas’ul bo‘lgan xodim jarimaga tortildi
Foto: Ekologiya vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim dacha egalari o‘zlarining kanalizatsiya tizimini Chorvoq suv omboriga oqizayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu borada Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

«O‘rganish davomida Bo‘stonliq tumani Burchmullo MFY Chorvoq suv ombori hududiga ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan xo‘jalik tomorqani sug‘orilgan va yomg‘ir suvlarini chiqib ketishi uchun ariqlar kovlanib unga palitilin quvurlar qo‘yilib suvlar o‘tkazib yuborilgani aniqlandi», — deyiladi munosabatda.

Mazkur holat yuzasidan suv omboriga mas’ul bo‘lgan xodimga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida ya’ni 4,120 mln miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, kovlab qo‘yilgan ariqlar va o‘rnatilgan quvurlar atrof-muhitni muhofaza qilish mutasaddilari tomonidan to‘liq olib tashlanib, hududda qonunbuzarlik bartaraf etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chorvoq suv ombori hududida Ozarbayjonning Sea Breeze kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan kurort qurilishi boʻyicha hukumat tomonidan qatʼiy talablardan iborat hujjat tayyorlangani haqida yozgandi.

Shuningdek