Cobalt eng ko‘p ishlatiladigan avtomobil, 3,5 mingga yaqin ayol haydovchi — O‘zbekiston taksi bozori

eʼlon qilindi
Joriy yilning yetti oyi mobaynida taksi bozori aylanmasi besh trln so‘mdan oshdi
Taksi
Cobalt O‘zbekistonda eng ko‘p ishlatiladigan taksi. Foto: Depositphotos

2025-yilning yanvar–iyul oylarida 215 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilindi. 2024-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 155 tani tashkil etgan.

Mazkur davr mobaynida jami 262,2 million marotaba yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatilib, umumiy aylanma besh trln so‘mdan oshdi.

Grafika: DSQ

Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 457,3 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi shug‘ullanmoqda. Ularning yoshi quyidagicha taqsimlangan:

  • 30-50 yosh oralig‘ida – 257 629 kishi (56,3%);
  • 30 yoshgacha – 166 207 kishi (36,3%);
  • 50 yoshdan katta – 33 477 kishi (7,3%).

Shuningdek, ushbu haydovchilar orasida 3 480 nafar ayol faoliyat yuritmoqda. Yetti oy davomida taksi xizmatlari orqali haydovchilarning daromadi quyidagicha shakllangan:

  • 1 million so‘mgacha – 140,2 ming haydovchi;
  • 1–5 million so‘m – 122,8 ming haydovchi;
  • 5–10 million so‘m – 59,4 ming haydovchi;
  • 10–50 million so‘m – 113,7 ming haydovchi;
  • 50–100 million so‘m – 19,1 ming haydovchi;
  • 100 million so‘mdan ortiq – 1,8 ming haydovchi.
Grafika: DSQ

Taksi bozorida eng ko‘p foydalanilayotgan top-3 avtomobil markasi:

  • Cobalt – 23,5%;
  • Nexia – 21,5%;
  • Lacetti – 16,9%.

Elektromobillar ulushi esa 1,8 foizni tashkil qilmoqda. Avtomobillarning yoshi bo‘yicha eng ko‘p 3–5 yillik va `10 yildan ortiq yoshga ega avtomobillar foydalanilmoqda.

Yetti oy davomida agregatorlar tomonidan jami 98,8 mlrd so‘m soliq to‘landi. Shundan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 55,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval 2025-yil 15-avgustdan boshlab Qozog‘istonda taksi xizmatlarining «Komfort» tarifiga yangi talablar kuchga kirishi haqida yozgandik.

Shuningdek