Eng zo‘r ekranga ega 3 ta noutbuk

7-avgust 2025 18:02 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Eng zo‘r ekranga ega 3 ta noutbuk
Eng zo‘r ekranga ega 3 ta noutbuk / Foto: Palach

2025-yilda noutbuk tanlashda eng muhim jihatlardan biri ekran sifati. Ayniqsa, foto va video montaj, ofis ishlari yoki ko‘p vaqtli multimedia uchun bu juda muhim. Xo‘sh, eng zo‘r ekranga ega 3 ta noutbuk qaysi? Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, ma’lumotlarni tayyorladi.

Lunnen Outer 16

Yandeks’ning subbrendi ostida chiqqan bu model kuchli 16 dyuymli IPS ekranga ega: 2K QuadHD aniqlik, 120 Hz chastota va juda yupqa ramkalar. Foto va videoni tahrirlash uchun yetarli darajada.

Texnik xususiyatlari:

  • Intel Core i7-13620H protsessori
  • 16 Gb tezkor xotira, 512 Gb SSD
  • USB-A (3 ta), USB-C (2 ta), HDMI, microSD, 3.5 mm jack
  • FHD veb-kamera (shtorali), barmoq izi skaneri, 4 dinamik
  • Avtonom ishlash vaqti — 7 soat

Ko‘p interfeysli, yaxshi sovutish tizimi bor. Quvvatli va funksional noutbuk izlayotganlar uchun ajoyib tanlov, lekin avtonomligi biroz kam.

Asus ZenBook 14 — kuchli protsessor, OLED ekran, uzoq ishlash

14 dyuymli Lumina OLED ekrani 3K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligi bilan ishlaydi. 600 nit yorqinlik bu ekranni har qanday sharoitda o‘qilishi qulay qiladi.

Texnik xususiyatlari:

  • Intel Core Ultra 9 285H, 12 Gb RAM, 1 Tb SSD
  • Avtonomlik — videolar uchun 18 soat
  • FHD veb-kamera, MIL-STD-810H harbiy standarti, elektron numpad

Ko‘p vazifali, ko‘p xotirali, uzoq ishlashga mo‘ljallangan. Og‘ir o‘yinlar uchun emas, lekin qolgan barcha sohalarda ideal.

Huawei MateBook 14 — sensorli OLED ekranli bestseller

Bu ultrabuk OLED texnologiyasiga ega 14.2 dyuymli sensorli ekran bilan ajralib turadi. 2.8K aniqlik, 1 mlrd rang, 10 nuqtali touch qo‘llab-quvvatlash, 450 nit yorqinlik — bu sinfda eng zo‘r ko‘rsatkichlar.

Texnik xususiyatlari:

  • Intel Core Ultra 5 125H, 16 Gb RAM, 512 Gb SSD
  • Avtonomlik — 19 soatgacha video tomosha
  • FHD veb-kamera (AI funksiyali), stereo dinamiklar, Huawei Metaline antennasi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng yaxshi tugmali telefonlari aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek