Har yili yozda «tonirovka» narxi arzonlashishi mumkin — qonun loyihasi
eʼlon qilindi
1-maydan 31-avgustgacha

M1 toifasidagi yengil avtomobillar uchun orqa va old yon oynalarni qoraytirishga (tusini o‘zgartirishga) har yili 1-maydan 31-avgustgacha ruxsatnoma berilishi mumkin. Bunga oid qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Bu yengillik jismoniy va yuridik shaxslar uchun avtomobildan foydalanishda qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida joriy etiladi.
Qisqa muddatli (1 may – 31 avgust) ruxsatnoma uchun to‘lov miqdorlari quyidagicha belgilangan:
- jismoniy va yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari (412 000 so‘m);
- xorijiy yuridik shaxslar uchun — 5 BHM (2 060 000 so‘m).
Bir yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli ruxsatnoma:
- jismoniy va yuridik shaxslar uchun — 8 BHM (3 296 000 so‘m);
- xorijiy yuridik shaxslar uchun — 14 BHM (5 768 000 so‘m).
Ruxsatnoma qachon olinganidan qat’i nazar, to‘lov to‘liq amalga oshiriladi.
Bundan avval qaysi oynalarni bepul qoraytirish mumkinligi va umuman avtomobilga tonirovka qilish narxlari haqida yozgandik.