
Bugun, 7-avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Jennifer Lopez konsertiga tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Avtobuslar harakati soat 16:00 dan boshlanadi va ular to‘xtovsiz tarzda «Bunyodkor» stadionigacha qatnaydi. Transport xizmatlari konsert mehmonlari uchun bepul taqdim etiladi.
Avtobuslarni quyidagi joylardan harakatni boshlaydi:
- City Mall;
- Hyatt Regency;
- Humo Arena.
Yo‘lovchilar avtobusni old oynasidagi «Bunyodkor stadioni» yozuvi orqali tanib olishlari mumkin. Konsert yakunlangach, avtobuslar yana xuddi shu manzillarga orqaga qaytadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Jennifer Lopez O‘zbekistonga kelgani haqida yozgandi.