Lifestyle

Jennifer Lopez konsertiga kirish boshlandi

Konsert mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi
Jennifer Lopez konsertiga kirish boshlandi Foto: Kursiv Uzbekistan

Jennifer Lopezning poytaxtdagi «Milliy» stadionida o‘tadigan konserti uchun kirish boshlandi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Konsert mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi. Kirish esa 18:00 dan boshlandi. Hokimiyat konsertga taksi yoki jamoat transportida borishni maslahat berdi. Unga ko‘ra, shaxsiy mashinada to‘xtash qiyin bo‘ladi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Bundan tashqari, tadbirda xulq-atvor madaniyatiga rioya qilish muhimligini ta’kidlaydi.

«Madaniy tadbir — bu, eng avvalo, o‘zaro hurmat. Iltimos, artistlar, tomoshabinlar va tashkilotchilarga nisbatan madaniyatli munosabatda bo‘ling», – deyiladi xabarda.

Konsert uchun chiptalarni rasmiy sotuvchi – iTicket platformasi orqali xarid qilish mumkin. Konsertga kirish narxi 800 ming so‘mdan boshlanadi.

Bundan avval Chilonzordagi ayrim ko‘chalar Jennifer Lopez konserti uchun yopilishi haqida yozgandik.