Jennifer Lopez O‘zbekistonga keldi

7-avgust 2025 09:32 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Jennifer Lopez Toshkentga yetib keldi. Foto: «Novosti Tashkentskogo Neba»

Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopez O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram kanali xabar berdi.

Lopez bo‘lgan samolyot 6-avgust kuni kechqurun Toshkent aeroportiga qo‘ndi, u Istanbuldan uchib kelgan.

7-avgust kuni kechqurun Jennifer Lopez poytaxtdagi «Milliy» stadionida konsert beradi. Chiptalarni hali ham rasmiy sotuvchi – iTicket platformasi orqali xarid qilish mumkin. Konsertga kirish narxi 800 ming so‘mdan boshlanadi. Tribunalardagi eng arzon chiptalar esa 1,6 million so‘mga sotilmoqda.

1-avgust kuni xonanda Ostona shahrida ham konsert bergan. Shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirga 25 mingga yaqin tomoshabin yig‘ilgan. O‘zbekistondagi chiqishdan so‘ng qo‘shiqchi yana Qozog‘istonga boradi va 10-avgust kuni Olmaotada konsert beradi.

Oldin O‘zbekiston estradasi vakili Munisa Rizayeva qo‘shiqchini Toshkentdagi konserti doirasida birga sahnaga chiqishni taklif etgandi.

6-avgust kuni esa xonandaning musiqachilar, qo‘riqchilar, raqqosalar va logistika a’zolaridan iborat jamoasi Toshkentga keldi.

Shuningdek