Lifestyle

Jennifer Lopezga O‘zbekistonda portreti tushirilgan lagan sovg‘a qilindi – video

U buni o‘z Instagram sahifasiga joyladi
Jennifer Lopezga O‘zbekistonda portreti tushirilgan lagan sovg‘a qilindi — video / Foto: The Hollywood Reporter

Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopezga konsert arafasida uning surati tushirilgan lagan (idish) sovg‘a qilindi. Qo‘shiqchi Instagram sahifasiga sovg‘ani ochayotgan videosini joyladi.

«O, naqadar ajoyib, rahmat», – deya minnatdorchilik bildirdi qo‘shiqchi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/08/saveclip.app_aqmxddf5rpmfjcyb8-bsuwdmzcoeogbbofquwhmwpplivwirqbsiy8o4wvsfdbaxrng9adw1vqqcopa2sc8mojcuw2-3u18hjpgxulo-1.mp4
Video: Jennifer Lopezning Intstagram sahifasidan

Konsert bugun, 7-avgust kuni poytaxtimizdagi «Bunyodkor» («Milliy») stadionida bo‘lib o‘tadi. Kursiv Uzbekistan muxbirining xabar berishicha, Jennifer Lopes konserti uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlangan.

Konsert soat 20:00 da boshlanadi, tomoshabinlar esa stadionga soat 18:00 dan boshlab kiritiladi. Shu munosabat bilan shahar hokimligi toshkentliklar va poytaxt mehmonlarini tartib-intizomga rioya qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jennifer Lopez konserti uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Mavzu bo'yicha materiallar