Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash loyihasida ishtirok etishi mumkin

eʼlon qilindi
AMK Global kompaniyasi
chiqindi poligonlari
chiqindilar nemis texnologiyasi asosida qayta ishlanishi rejalashtirilmoqda / Foto: Allaserebrina / www.depositphotos.com

Germaniyaning AMK Global kompaniyasi Toshkent viloyatida chiqindilarni qayta ishlovchi zavod qurish loyihasida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya prezidenti Andreas Karsten bilan muzokaralar Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan olib borildi. Viloyat rahbari va germaniyalik tadbirkorlar o‘rtasidagi uchrashuv Frankfurtdagi O‘zbekistonning konsullik binosida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

AMK Global kompaniyasining asosiy faoliyati muqobil energetika va chiqindilarni ekologik toza usulda qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan. Kompaniya infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha kompleks ekspertiza taqdim etadi, shuningdek, ruxsatnomalar olish, moliyalashtirish va logistika bo‘yicha yordam beradi.

Bundan tashqari, Zoyir Mirzayev Ferdinand Kegler asos solgan Kegler uzumchilik brendi vakillari bilan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand va Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilishi boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek