Yangiliklar

Qozoq kompaniya Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti ortishi natijasida foydasini ikki baravarga oshirdi

30,47 mlrd tenge ($56,3 mln) sof foyda ko‘rdi
intergas.kz / Foto: Dastan Shanay

Qozog‘istonning QazaqGaz davlat gaz kompaniyasiga qarashli Intergaz Markaziy Osiyo korxonasi 2025-yilning birinchi yarmida 30,47 mlrd tenge ($56,3 mln) sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Bunga Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti ortgani asosiy sabab bo‘ldi.

2023-yil oktabridan boshlab Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazish yo‘lga qo‘yilgan. Tranzit kuniga 9 mln kub metrgacha, yillik maksimum esa 3,3 mlrd kub metr deb belgilangan. Ayni paytda rasmiy raqamlar 2,8–3 mlrd kub metrni ko‘rsatmoqda.

Gaz teskari yo‘nalishda, ya’ni «Markaziy Osiyo–Markaz» tizimi orqali yetkazilmoqda. Bu quvurlar ilgari Yevropaga gaz uzatishda qo‘llanilgan edi. «Gazprom» vakillari bu loyiha O‘zbekiston aholisini kuz-qish mavsumida gaz bilan barqaror ta’minlashga xizmat qilishini bildirgan.

Mazkur davrda Intergaz Markaziy Osiyo’ning umumiy daromadi 134,4 mlrd tengega ($249,2 mln) yetgan. Kompaniya shu yil boshida 49,9 mlrd tenge ($92,2 mln) obligatsiya chiqarib, bir qismini gaz quvurlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirdi. Bundan tashqari, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga bo‘lgan qarz to‘liq to‘langan.

QazaqGaz 2024-yil may oyida Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzit hajmini yiliga 11 mlrd kub metrgacha oshirish rejasini e’lon qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda esa daromad 844 mln tengedan 646,4 mln tengega tushgani haqida xabar bergan edi.