
Qozog‘istonda buqalar eksportiga qo‘yilgan taqiq 2025-yil 30-oktabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Kursiv Media Qishloq xo‘jaligi va Moliya vazirliklariga tayanib xabar bermoqda.
Avval ham shu kabi taqiq 2025-yil aprel oyidan boshlab uch oy davomida amal qilgan edi.
Shuningdek, hozirda mamlakatdan naslli yirik va mayda shoxli qoramollarni olib chiqish ham man qilingan. Bu cheklov 2025-yil aprelidan boshlab joriy etilgan va olti oy davom etadi.
2024-yil avgustida Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoramollar, qo‘y va echkilar eksportiga cheklov qo‘yish haqida hujjat loyihasini tayyorlagan edi. O‘shanda ularga kvota ajratish rejalashtirilgan edi.
Avvalroq O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi tartib joriy etilgani haqida yozgan edik.