
Samsung tez orada yangi Galaxy A17 5G smartfonini taqdim etadi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Yangi model avvalgi Galaxy A16’dan ham yengil va yupqaroq bo‘ladi. Uning qalinligi 7,5 mm (A16’da – 7,99 mm), og‘irligi esa 192 gramm (ilgari 200 gramm edi).
Galaxy A17 5G 6,7 dyuymli Super AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Yangilanish tezligi maksimal 90 Hz bo‘ladi. Ekran Corning Gorilla Glass Victus himoyasi bilan qoplangan.

Smartfonda Galaxy A16’dagi kabi Exynos 1330 protsessori saqlab qolingan. Xotira variantlari quyidagicha:
- 128 GB saqlash – 4 GB, 6 GB yoki 8 GB tezkor xotira;
- 256 GB saqlash – faqat 8 GB tezkor xotira. Barcha versiyalar MicroSD orqali 2 TB gacha kengaytiriladi.

Kamera bo‘yicha Galaxy A17 5G uch modulga ega:
- asosiy kamera – 50 MP, endi OIS (optik stabilizatsiya) bilan;
- 5 MP – ultra keng burchakli;
- 2 MP – makro kamera Old kamera – 13 MP.
Batareya 5000 mA·soat sig‘imga ega va 25 Vt quvvatda zaryadlanadi. Yevropa bozorida zaryad qurilmasi ham to‘plamga kiritiladi.
Galaxy A17 5G Android 15 asosidagi One UI 7 tizimi bilan keladi. Samsung bu model uchun 6 ta operatsion tizim yangilanishi va 6 yil xavfsizlik yamoqlari kafolatini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung yangi One UI 8 grafik interfeysini kengaytirilgan qurilmalar ro‘yxatida sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.