
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S26 Ultra 30 daqiqada 90 foizgacha quvvatlanadi. Bu Galaxy S25 Ultra’dan ancha tez. Oldingi model 30 daqiqada 72 foizgacha quvvat olgan edi.
Samsung’ning rasmiy ma’lumotlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, S26 Ultra 75–80 foizgacha yarim soatda quvvatlanadi. Biroq u aslida bu raqamlar past ko‘rsatilganini ta’kidladi. Uning fikricha, smartfon aslida 90 foizga yetadi.
Galaxy S26 Ultra 60 vattli quvvatlashni qo‘llaydi. S25 Ultra esa faqat 45 vattga ega edi. Bu esa 25 foiz tezroq quvvat olishni anglatadi.
To‘liq zaryadlash vaqti hali oshkor qilinmagan. Biroq mavjud ma’lumotlarga qaraganda, u to‘liq 0 dan 100 foizgacha taxminan 45 daqiqada zaryadlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A17 5G haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edik.