
Samsung kompaniyasi avgust–sentabr oylarida bir nechta yangi smartfonlarni global bozorlarga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 6-avgust kuni ITHome texnologiyalar nashri xabar berdi.
Yangi modellarga Galaxy S25 FE 5G, Galaxy A07 (4G va 5G versiyalari) hamda Galaxy A17 (4G va 5G versiyalari) kiradi.

Nashr Samsung Galaxy S25 FE modelining yangi g‘ilof tasvirlarini ham e’lon qildi. Unda telefonning old tomoni tekis ekranli, orqa tomoni esa uch kamerali dizaynda ekanligi ko‘rinadi.
Galaxy S25 FE avvalgi S24 FE modeliga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga ega emas. Eng asosiy farq — batareya hajmi 4700mAh’dan 4500mAh’ga kamaygan. Biroq, simli quvvat olish tezligi 25V’dan 45V’gacha oshirilgan.
Yangi model yanada yupqalashgan: 161,3 x 76,6 x 7,4 mm (avvalgi S24 FE: 162 x 77,3 x 8 mm). Og‘irligi esa 190 g.

Galaxy S25 FE texnik xususiyatlari quyidagicha:
- 6.7 dyuymli Dynamic AMOLED ekran, 1080×2340 pikselli, 120Hz yangilanish tezligi
- Corning Gorilla Glass Victus himoyasi
- Exynos 2400 protsessori
- 8GB operativ xotira, 128GB yoki 256GB doimiy xotira
- Asosiy kamera: 50MP (f/1.8, OIS, AF)
- Keng burchakli kamera: 12MP (f/2.2)
- Telefoto kamera: 8MP (f/2.4, 3x OIS, AF)
- Old kamera: 12MP (f/2.2)
- 4500mAh batareya, 45W simli va 15W simsiz quvvatlanish
- Android 16 asosidagi One UI 8 tizimi, Galaxy AI qo‘llab-quvvatlanadi
- IP68 darajali chang va suvdan himoya
Bundan tashqari, Galaxy A07 modelining ham g‘ilof tasvirlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, telefon suv tomchisi shaklidagi ekran dizayniga ega bo‘ladi. Orqa tomonda ikkita kamera va yonida LED yoritgich joylashadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra 30 daqiqada 90 foizgacha quvvat olishi mumkinligi haqida yozgan edi.