Sud xizmatlari uchun MySud mobil ilovasi ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Oliy sud tomonidan
Sud xizmatlari uchun MySud mobil ilovasi ishga tushirildi / Foto: Sun’iy intellekt

Fuqarolar uchun yengillik yaratish maqsadida Oliy sud tomonidan MySud mobil ilovasi ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Endilikda foydalanuvchilar sudlarga elektron murojaat yuborish, ish holatini real vaqt rejimida kuzatish, sud to‘lovlarini onlayn to‘lash hamda boshqa ko‘plab interaktiv xizmatlardan bir ilova orqali foydalanishlari mumkin.

Foto: App Store

Ilovada quyidagi imkoniyatlar mavjud:

  • elektron arizalar yuborish;
  • sud qarorlarini kuzatish;
  • sud majlislari jadvalini ko‘rish;
  • bildirishnomalarni olish;
  • arxiv holatini tekshirish.

MySud ilovasini iOS va Android talqinlarida yuklab olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Soliq ilovasiga shou-biznesga oid yangi funksiya qo‘shilgan edi.

Shuningdek