Yaqin kunlarda Tramp va Putin Ukraina masalasida uchrashishi mumkin
eʼlon qilindi
Zelenskiy bosimlar o‘z natijasini berayotganini ta’kidladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina urushini muhokama qilish uchun yaqin kunlarda uchrashishi mumkin. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Tramp, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashishga tayyorligini bildirgan. U Rossiyaga urushni to‘xtatish uchun juma kunigacha muhlat bergan. Aks holda yangi sanksiyalar joriy qilinishi mumkin.
Putin esa AQSh vakili bilan uchrashuvni «foydali» deb atagan. Ukraina prezidenti Zelenskiy esa bosimlar o‘z natijasini berayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShga import qilinadigan chiplarga 100% boj solmoqchi ekani haqida yozgan edik.