Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalari berish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Malaka toifasi 4 yil amal qiladi
Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalari berish tartibi belgilandi / Foto: Pexels.com

Hukumat qarori bilan «Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Endilikda davlat xizmati «ERP sport» tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi. Xizmat uchun BHMning 1 baravari (ayni vaqtda 412 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi. Tizimda ma’lumotlar to‘liq shakllangach, 1 ish kunida QR-kodli elektron guvohnoma rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, bu haqda trener va uslubchilarga SMS-xabar yuboriladi. Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq barcha viloyatlarda Avloniy malaka oshirish instituti filiallari ishga tushishi haqida yozgan edik.

Shuningdek