
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, davlat xizmati Sport vazirligi tomonidan «ERP sport» axborot tizimi orqali ko‘rsatiladi. Buning uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Tizimda ma’lumotlar to‘liq shakllantirilgach, bir ish kuni ichida QR-kod qo‘yilgan elektron guvohnoma rasmiylashtiriladi. Mazkur guvohnoma haqidagi axborot SMS-xabarnoma tarzida yuboriladi.
Shuningdek, trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari to‘rt yil muddatga beriladi.
Bundan avval raqamli kriminalistika mutaxassislari ikki yilda bir malakasini oshirishi haqida yozgandik.