XPeng P7 avtomobili Xitoyda 7 daqiqa ichida 10 mingta buyurtma oldi

eʼlon qilindi
Narxi hali aytilmagan
XPeng P7
XPeng P7 Xitoyda 7 daqiqada 10 mingta buyurtma oldi / Foto: Autohome

Xitoyda yangi avlod XPeng P7 elektromobili taqdim etildi. Avtomobil narxi hali aytilmagan bo‘lsa-da, atigi 6 daqiqa 37 soniyada 10 mingdan ortiq buyurtmalar kelib tushdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Buyurtma berish uchun faqat 100 yuan (taxminan $14) depozit kerak bo‘ladi. Bu esa xaridorga 3000 yuan (taxminan $420) chegirma huquqini beradi.

Foto: Autohome

XPeng P7 o‘zining futuristik dizayni va katta o‘lchamlari bilan ajralib turadi. Uning uzunligi – 5017 mm, eni – 1970 mm, balandligi – 1427 mm. G‘ildirak bazasi 3008 mmni tashkil qiladi.

Model 367 yoki 595 ot kuchiga ega bo‘lgan bitta yoki ikkita motorli versiyalarda chiqadi. Ikkita batareya varianti mavjud: 702 yoki 820 km yo‘l bosadi (CLTC usuli bo‘yicha).

Foto: Autohome

Salonida 8,8 dyuymli raqamli panel, 15,6 dyuymli Snapdragon 8295P protsessorli mediaekran va 87 dyuymli AR proektsiya displey mavjud. XPeng P7 800 voltli platformada ishlab chiqilgan va juda tez quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xpeng P7 yangi avlod elektromobili 87 dyuymli displey bilan namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek