Yangi Toshkentni isitishda Koreyaning K-heating texnologiyasi joriy etiladi

Koreya Markaziy issiqlik tarmoqlari korporatsiyasi (KDHC) rahbari Chong Yong Ki kompaniya Yangi Toshkentda K-Heating loyihasini joriy etishga qiziqayotganini ma’lum qildi.
K-Heating ilg‘or va ekologik toza markaziy isitish tizimlarini eksport qilishga qaratilgan loyiha bo‘lib, u faqat O‘zbekistongagina emas, balki boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga ham yo‘naltirilgan.
«Biz Koreyaning tajriba va texnologiyalari bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz. Yangi Toshkentda ekologik K-Heating tizimini muvaffaqiyatli joriy etishni istaymiz,» — dedi u O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan uchrashuv chog‘ida.
Kompaniya O‘zbekistondagi loyiha uchun maxsus ishchi guruh tashkil etgan va markaziy isitish infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar bergan.
KDHC o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun K-Heating o‘quv dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Chong, shuningdek, Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston energetika bozoriga kirishini elchixona faol qo‘llab-quvvatlashi zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston elchisi KDHC boshqaruv markazi va Pangyo shahridagi issiqlik elektr stansiyasiga tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya xorijiy ishchilar uchun qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratishi haqida yozgan edik.