
iQOO kompaniyasi yangi IQOO Z10 Turbo+ smartfonini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda. Qurilma kuchli MediaTek Dimensity 9400+ protsessori va 3,26 mln AnTuTu balli bilan ajralib turadi.
Smartfon LPDDR5X Ultra tezkor xotira va UFS 4.1 flesh xotiraga ega. Sovitish uchun 7000 mm² maydonli bug‘ kamerasi ishlatiladi.
OLED ekrani 6,78 dyuym, 1,5K aniqlik va 144 Hz yangilanish tezligiga ega. Yorqinligi 2000 nitgacha, pik yorqinligi esa 5500 nit.

Batareya sig‘imi 8000 mA·soat bo‘lib, iQOO seriyasidagi eng kattasi. 90 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Vazni 212 g, qalinligi 8,16 mm. Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, OIS stabilizatsiyasi mavjud.
Narxlar quyidagicha:
Xotira hajmi | Narx (yuan) | Narx (USD) |
---|---|---|
12/256 GB | 2100 | $290 |
16/256 GB | 2500 | $350 |
12/512 GB | 2700 | $375 |
16/512 GB | 3000 | $420 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iQOO Z10 Turbo+ 144 Hz rejimini qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edi.