50 nafargacha xodimli korxonalar Face-ID orqali shartnoma rasmiylashtiradi

eʼlon qilindi
Mehnat shartnomalarini bekor qilish ham Face-ID orqali amalga oshiriladi
50 nafargacha xodimli korxonalar Face-ID orqali shartnoma rasmiylashtiradi / Foto: Sun’iy intellekt

2026-yil 1-yanvardan boshlab Yagona axborot-mehnat tizimi (YAMMT) orqali aniqlangan mehnat qonunchiligi buzilishlarini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish va elektron ma’muriy qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

2025-yil 1-sentabrdan esa xodimlari 50 nafargacha bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasidagi korxonalar Face-ID orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga ruxsat oladi.

Shuningdek, davlat mehnat inspektorlari o‘tkazadigan tekshiruvlar uchun oldindan ruxsat olish tartibi bekor qilinadi. «Xavfni tahlil etish» tizimi asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida 10 kun oldin ogohlantirish talabi ham endilikda talab qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ishsizlik nafaqasi mehnat shartnomasini bekor qilganlarga to‘lanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek