Abituriyent tanlangan beshta OTMga kira olmasa ham talaba bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
OTM
Oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qiladi
Foto: Mandat.uz

Endilikda abituriyentlar o‘zi tanlagan beshta OTMga kira olmasa, to‘plagan balli yetadigan universitetga qabul qilinadi. Bu haqda prezident yig‘ilishda ma’lum qildi.

«Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz», — dedi davlatimiz rahbari.

Unga ko‘ra, endi abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Mirziyoyev bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oliygohlar to‘plagan ballariga qarab moliyalashtirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek