Andijon viloyatida 4 ballik zilzila bo‘ldi
eʼlon qilindi
Episentr Andijon viloyatining Marhamat tumanida bo‘ldi

8-avgust kuni soat 08:58 da O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishining magnitudasi 4,2 bo‘lib, chuqurligi 15 km.ni tashkil etdi.
Episentr Andijon viloyatining Marhamat tumanida bo‘lib, bu yerda zilzila 4 ball kuchida sezildi. Andijon viloyatining boshqa hududlarida 3 ballgacha, Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, Namangan viloyatida esa 2 ball kuchida sezilgan.
Toshkentdan episentr 268 km janubiy-sharqda joylashgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kamchatkada 8,7 magnitudali zilzila yuz bergani haqida xabar bergan edi.