Sport

«Bavariya» «Tottenhem»ni 4:0 hisobida mag‘lub qildi

O‘rtoqlik uchrashuvida
«Bavariya» «Tottenhem»
«Bavariya» «Tottenhem»ni 4:0 hisobida mag‘lub qildi / Foto: Getty Images

Myunxenda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida «Bavariya» «Tottenhem»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi birinchi gol 12-daqiqada sobiq «shporlar» hujumchisi Garri Keyn tomonidan kiritildi. U 16-daqiqada penaltidan hisobni oshirish imkoniyatini boy berdi – zarbasi darvoza ustidan ketdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kingsli Koman hisobni 2:0 qildi. 17 yoshli Lennart Karl jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berib, uchinchi golni urdi. Yakuniy natijani esa Yona Kusi-Asare chiroyli zarba bilan o‘rnatdi.

Foto: Getty Images

«Bavariya» tarkibiga yozda «Liverpul»dan kelgan Luis Dias ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.

«Tottenhem» 13-avgust kuni Yevropa superkubogida «PSJ»ga qarshi o‘ynaydi. Premer-ligadagi ilk uchrashuv esa 16-avgust kuni «Byornli»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. «Bavariya» esa Germaniya Superkubogi oldidan «Grashoppers»ga qarshi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan «Flamengo» KJCh 1/8 finalida «Bavariya»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergani haqida yozgan edi.