GTA VI narxi haqida nimalar ma’lum

8-avgust 2025 15:34 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Foto: Rockstar Games

Alinea Analytics prognozlariga ko‘ra, GTA VI narxi oddiy nashr uchun 70-80 dollardan oshmaydi, deb xabar berdi Wccftech. Take-Two Interactive rahbariyati hozircha narxlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishdan bosh tortdi.

Kompaniya bosh direktori Shtraus Zelnikning aytishicha, narxlar o‘yinni ishlab chiqishning yakuniy qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Rockstar Games studiyasi bu ma’lumotni 2026-yil may oyiga mo‘ljallangan relizga yaqinroq oshkor qiladi.

Tahlilchilar GTA VI’ning odatiy nashri $100 dan kamroq turishiga uchta sabab ko‘rsatdi. Birinchidan, nashriyotlarga daromadning katta qismini GTA Online’dagi mikrotranzaksiyalar keltiradi. Bu o‘yinlarning narxini pasaytirish va franshizaga ko‘proq geymerlarni jalb qilish imkonini beradi.

Ikkinchidan, GTA VI beshinchi qism bilan raqobatlashishi muqarrar. 2013-yilda chiqarilgan GTA V hali ham o‘yinchilar orasida katta mashhurlikka ega.

Uchinchidan, ular iqtisodiy noaniqlik hamda xarid qobiliyatining global pasayishini inobatga oladi. Bunday sharoitda ko‘plab xaridorlar $100 lik o‘yinni juda qimmat deb bilishi mumkin. Asosiy nashr uchun $70 – 80 atrofidagi narx AAA videoo‘yinlar bozori standartlariga mos keladi.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, GTA VI chiqarilgandan beri dastlabki ikki oy ichida taxminan $7,6 milliard ishlab topadi va sanoatda mutlaq rekord o‘rnatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan GTA Online rejimiga yoshni tasdiqlash tizimi joriy qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek