Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil etiladi

eʼlon qilindi
30 ming bitiruvchiga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashiladi
Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil etiladi. Foto: «Nash kray»

Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil etilib, ular orqali tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn va IT xizmatlari sohalarida 15–20 ming bitiruvchi band qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma‘lum qilindi.

Prezident hozirda band bo‘lmagan 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Unga ko‘ra, 20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik orqali qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan ish o‘rinlariga joylashtirish mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya va farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming nafar muhandis, texnolog, operator, standartlashtirish va sifat nazorati, moliya hamda iqtisodiyot yo‘nalishidagi bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5–7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan ta’minlash mumkin.

Mutasaddilarga olti ming bitiruvchini transport, logistika, yo‘l, qurilish va kommunal sohalarga, shuningdek pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat hamda san’at muassasalari va o‘quv markazlariga 10 ming bitiruvchini ishli qilish topshirildi. Yana 30 ming bitiruvchiga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashiladi.

Bundan avval oliygohlar to‘plagan ballariga qarab moliyalashtirilishi haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, oliygohlarni baholashda bitiruvchilar bandligi ham hisobga olinadi.

Shuningdek