Yangiliklar

Kambodja Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Kambodja va Tailand o‘rtasidagi chegara mojarosidagi aralashuvi sabab
Kambodja Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi / Foto: PLO

Kambodja bosh vaziri Hun Manet AQSh prezidenti Donald Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

U Trampning Kambodja va Tailand o‘rtasidagi chegara mojarosini to‘xtatishdagi «favqulodda diplomatik mahoratini» e’tirof etdi.

Manetning aytishicha, 26-iyul kuni Tramp ikki davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilib, so‘nggi yillarda eng og‘ir to‘qnashuvlardan biriga chek qo‘yishga yordam bergan. Bu muzokaralar 28-iyulda Malayziyada sulh bitimiga olib kelgan. Mojaro davomida 43 kishi halok bo‘lib, 300 mingdan ziyod odamlar uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kambodja vitse-prezidenti o‘tgan hafta bu reja haqida aytgan va Trampga AQShning Kambodja importiga soliqni 49 foizdan 19 foizga tushirgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston va Isroil bosh vazirlari ham Trampni Nobel mukofotiga tavsiya qilgan edi.