
Yangi Tenet T7 krossoverining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu korxonaning qayta ishga tushirilganidan keyingi ikkinchi modeli bo‘lib, birinchi model Tenet T8 edi.
Aslida, Tenet T7 – bu Chery Tiggo 7 ning nomi o‘zgartirilgan versiyasi. U 1,6 litr hajmdagi 150 ot kuchiga ega turbomotor va 7 pog‘onali «robot» uzatma bilan jihozlangan. Modelda to‘liq uzatma mavjud emas, bu borada u Tenet T8 dan farq qiladi.

Avtomobil uzunligi 4,5 metr, g‘ildirak bazasi 2,67 metr. Salon faqat 5 o‘rindan iborat. Jihozlar qatorida ikki zonali iqlim-nazorat va kruiz-nazorat, old o‘rindiqlar elektr sozlamalari, «issiqlik opsiyalari» to‘plami (old oynani, yuvish purkagichlarini, rul va barcha o‘rindiqlarni isitish), atmosfera yoritqichi, raqamli asboblar paneli, 12,3 dyuymli multimedia ekrani, atrofni to‘liq ko‘rish tizimi, panoramali tom, yorug‘lik va yomg‘ir datchiklari mavjud. Shuningdek, 6 ta xavfsizlik yostiqchasi o‘rnatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada ayrim Volvo avtomobillari yong‘in xavfi sabab chaqirib olinayotgani haqida xabar bergan edi.