Leapmotor boshqa ishlab chiqaruvchilarga akkumulyator yetkazib bera boshladi

8-avgust 2025 15:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor
Leapmotor boshqa ishlab chiqaruvchilarga akkumulyator yetkazib bera boshladi / Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Leapmotor kompaniyasi BYD yo‘lidan borib, avtomobil ehtiyot qismlari ta’minotiga kirishdi. Kompaniya tijorat transport vositalari ishlab chiqaruvchilariga akkumulyator bloklarini yetkazib bermoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Batareyalar yetakchi ishlab chiqaruvchi CATL va boshqa kompaniyalarning elementlaridan yig‘iladi. Dizayn va yig‘ish ishlari Leapmotor’ning Lingxiao Energy shuba korxonasida amalga oshiriladi.

Leapmotor beshdan ortiq yangi energiya tijorat transporti ishlab chiqaruvchilaridan buyurtma olgan. Xeazon New Energy Vehicle kompaniyasi bilan muzokaralar yakuniy bosqichda.

Kompaniya rahbari Chju Syanmin iyul oyida kompaniya o‘z ishlab chiqish imkoniyatlarini batareya, motor va elektron boshqaruvdan tashqari boshqa qimmatbaho qismlar ishlab chiqarishga ham kengaytirishini aytgan.

Foto: Xcar

Leapmotor ilgari yo‘lovchi avtomobillar bozorida Stellantis bilan qo‘shma korxona va Hongqi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Tijorat transporti bozorida esa raqobat to‘siqlari kamroq va o‘sish imkoniyatlari katta.

Xitoy yo‘lovchi avtomobillari assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchi transportida yangi energiya ulushi 50% dan oshgan bo‘lsa, tijorat transportida bu ko‘rsatkich 20% dan past. 2024-yilning birinchi yarmida tijorat transporti uchun akkumulyator o‘rnatish hajmi 126,2% ga oshib, 51,4 GVt·soatga yetdi.

Leapmotor 2024-yilning birinchi yarmida 221,7 ming avtomobil yetkazib berdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 156% ko‘p. Iyul oyida esa ilk bor bir oyda 50 mingdan ortiq mashina yetkazib berildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoyning Leapmotor kompaniyasi tomonidan Leapmotor B10 elektromobili Yevropada rasman savdoga chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek