Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
eʼlon qilindi
Yangi tizim 2025-yil 1-avgustdan kuchga kirdi

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining ish haqi va moddiy rag‘batlantirish tizimi yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.


Yangi tartibga ko‘ra:
- Lavozim maoshi yagona tamoyil asosida, yangilangan tarif setkasi hamda xizmat yillari va lavozim darajasiga mos koeffitsiyentlar bilan belgilanadi.
- Rag‘batlantirish to‘lovlari har oy KPI ko‘rsatkichlariga qarab, malaka darajalari va hisobot davri yakunlari bo‘yicha bonuslar shaklida to‘lanadi.
- Farmonda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha ustama va mukofotlar taqiqlanadi.


Ma’lumot uchun, yangi tizim 2025-yil 1-avgustdan kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgust boshidan O‘zbekistonda nimalar o‘zgargani haqida batafsil yozgan edik.