Yangiliklar

Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi

Yangi tizim 2025-yil 1-avgustdan kuchga kirdi
Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi / Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining ish haqi va moddiy rag‘batlantirish tizimi yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra:

  • Lavozim maoshi yagona tamoyil asosida, yangilangan tarif setkasi hamda xizmat yillari va lavozim darajasiga mos koeffitsiyentlar bilan belgilanadi.
  • Rag‘batlantirish to‘lovlari har oy KPI ko‘rsatkichlariga qarab, malaka darajalari va hisobot davri yakunlari bo‘yicha bonuslar shaklida to‘lanadi.
  • Farmonda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha ustama va mukofotlar taqiqlanadi.

Ma’lumot uchun, yangi tizim 2025-yil 1-avgustdan kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgust boshidan O‘zbekistonda nimalar o‘zgargani haqida batafsil yozgan edik.