Malaka oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga «kasb vaucheri» beriladi

eʼlon qilindi
Ishga joylashgan shaxs ssuda mablag‘ini 2 yil ichida jamg‘armaga qaytaradi
Malaka oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga «kasb vaucheri» beriladi / Foto: President.uz

2025-yil 1-noyabrdan boshlab malakasini oshirish yoki yangi kasb o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslarga «kasb vaucheri» berish tartibi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Bu vaucher qo‘shimcha ta’lim olish uchun ssuda shaklida ajratiladi.

O‘quvchi o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashgandan so‘ng ssuda mablag‘ini 2 yil ichida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi.

Shuningdek, quyidagi shaxslarga o‘qish davrida eng kam ish haqi miqdorida stipendiya belgilanadi:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
  • 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda o‘qiyotgan kam ta’minlangan oilalar a’zolariga;
  • boshqa hududdan qatnab o‘qiyotganlarga.

Ma’lumot uchun, ishsizlik nafaqasi olinayotgan paytda stipendiya belgilanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ishsizlik nafaqasi mehnat shartnomasini bekor qilganlarga to‘lanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek