Navoiyda plyajli akvapark barpo etish rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Bundan tashqari, park hududida 200 mingdan ortiq daraxtlar ekish mo‘ljallangan
Navoiyda plyajli akvapark qurilishi rejalashtirilmoqda. Foto: Uzbekistan Travel

«Navoiy» hududini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyevga Navoiy shahridagi ko‘l bo‘yida barpo etiladigan park loyihasi taqdim qilindi.

«O‘zbekiston 24» telekanali xabariga ko‘ra, rekreatsion hudud tarkibida plyajli akvapark, savdo nuqtalari bo‘lishi kutilmoqda. Loyiha zamonaviy jamoat maskaniga aylanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, «Yashil makon» dasturi doirasida park hududida 200 mingdan ortiq daraxtlar ekish mo‘ljallangan.

Bundan avval Navoiyda sakkizta kon uchun $566 million investitsiya jalb etilishi haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, tadbirkorlar takliflariga asoslangan $1,6 mlrdlik qo‘shimcha loyihalar taqdim etilib, 10 mingta yangi ish o‘rni va $238 mlnlik eksport imkoniyatlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Nurota tumanida sanoat zonasi tashkil etish, kashtachilik markazlarini ko‘paytirish, ehtiyojmand oilalarni quyosh panellari va ko‘chma do‘konlar bilan ta’minlash kabi ijtimoiy yo‘nalishdagi tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek