Oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi

eʼlon qilindi
Bir unsiya narxi $3 534,10 ga yetdi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari
Foto: Pexels.com

Jahon bozorida oltin narxi yangi tarixiy rekordni o‘rnatdi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Bunga AQSh tomonidan bir kilogrammli oltin quymalari importiga boj joriy qilinishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Eng katta o‘sish dekabr oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslarida kuzatildi – narx 2,32 foizga ko‘tarilib, $3534,10 ni tashkil etdi. Bu tarixdagi eng yuqori narx bo‘lib, avvalgi rekord 2025-yil 22-aprel kuni $3509,90 da qayd etilgandi.

Toshkent vaqti bilan soat 15:10 holatiga ko‘ra, oltinning narxi bir troy unsiyasi (31,1 gramm) uchun $3492,5 ni tashkil qilmoqda.

AQSH bojlarining global ta’siri

Oltin narxining keskin oshishiga sabab bo‘lgan asosiy omil AQShning 1 kg og‘irlikdagi oltin quymalariga boj solish qarori bo‘ldi. Ushbu quymalar Shveysariya, Braziliya va Hindiston kabi mamlakatlardan import qilinadi. Endilikda bu davlatlar muqobil savdo yo‘llarini izlashga majbur bo‘lishmoqda.

Bojlar natijasida Nyu-York fyucherslari bilan spot narxlar o‘rtasidagi farq $100 dan oshdi. Bu o‘zgarish yirik banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarga va oltinning likvidligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 48,7 mlrd dollarga baholangani haqida yozgandi.

Shuningdek