Gadjetlar

OpenAI GPT-5’ni taqdim etdi

OpenAI uni «PhD darajasidagi mutaxassis» bilan suhbatdek ta’riflaydi
OpenAI GPT-5’ni taqdim etdi / Foto: Digital Floats

OpenAI 2025-yil 7-avgust kuni ChatGPT’ning yangi versiyasi – GPT-5ni ishga tushirdi. Yangi model tezroq ishlaydi, aniqroq javob beradi va insonga o‘xshashroq muloqot qiladi. U sog‘liq bo‘yicha savollar, matn yozish hamda dasturlash vazifalarida yanada kuchli bo‘ldi.

GPT-5 barcha ChatGPT foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘ladi, biroq cheksiz foydalanish imkoniyati faqat oyiga $200 lik «Pro» obunasida mavjud. Bepul foydalanuvchilar esa faqat cheklangan miqdorda yangi modeldan foydalana oladi.

Yangi tizim murakkab savollarga bosqichma-bosqich mantiqiy tahlil bilan javob berishi va dasturlash bo‘yicha tajribasiz foydalanuvchilarga ham kerakli dasturlar yaratishda yordam berishi mumkin. OpenAI uni «PhD darajasidagi mutaxassis» bilan suhbatlashgandek his qildiruvchi texnologiya sifatida ta’riflamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT bilan suhbatlar sud talabiga ko‘ra taqdim etilishi mumkinligi haqida yozgan edik.