O‘zbekiston har bir talaba uchun yiliga 25 – 30 million so‘m sarflamoqda

eʼlon qilindi
Ammo diplom olgan yoshlarning ko‘pi kam malaka talab etadigan ishlar bilan band bo‘lib qolmoqda
Turdosh yo‘nalishlar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining turdosh ro‘yxati tasdiqlandi / STV

Har bir talabani oliygohda o‘qitib, mutaxassis qilib tayyorlash uchun davlat yiliga 25 – 30 million so‘m sarflamoqda. Bu haqda prezident raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ammo to‘rt yil oliygohda o‘qib, diplom olgan yoshlarning yarmidan ko‘pi kam malaka talab etadigan ishlar bilan band bo‘lib qolmoqda.

Yig‘ilishda oliygohlar tayyorlayotgan kadrlar bilan ish beruvchilarning talabi o‘rtasida katta farq borligi ta’kidlandi.

Masalan, yengil sanoatning o‘zida to‘rt ming nafar oliy toifali kadrga ehtiyoj mavjud. Bu yo‘nalishda yiliga o‘rtacha 2,5 ming talaba bitirsa-da, ularning 42 foizi korxonalardagi zamonaviy uskunalarda ishlashni bilmagani sababli ishga joylasha olmayapti. Natijada tadbirkorlar tayyor mutaxassislarni chetdan jalb qilishga majbur bo‘lmoqda.

Davlat rahbari ishga joylashish bo‘yicha hisob-kitoblardagi kamchiliklarni tanqid qildi. Bu yilgi 231 ming oliygoh bitiruvchisidan 125 ming nafari ish topgani haqida hisobot berilayotgan bo‘lsa-da, ularning 42 ming nafari o‘zini o‘zi band qilgani aniqlangan.

Bundan avval prezident O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojlarga mos emasligini tanqid qilgandi.

Shuningdek